Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
YOSHLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!

YOSHLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Bahodir Xalilov o‘zining 2-Barkamol avlod saylov okrugida joylashgan 75-maktabda tashkil etilgan “Kasblar festivali”da ishtirok etdi. Mazkur tadbir yoshlarni turli kasb-hunarlarga yo‘naltirish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda o‘quvchilarning amaliy ishlari, kasblarga oid ijodiy namoyishlari taqdim etildi. Yoshlar o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etib, turli sohalarga bo‘lgan qiziqishlarini yaqqol ko‘rsatdilar.

Deputat o‘z nutqida yoshlarga murojaat qilib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish uchun puxta bilim olish, doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va mehnatdan qochmaslik zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, bunday tadbirlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Mazkur festival yoshlarning kasb tanlash jarayonida to‘g‘ri yo‘l tutishiga ko‘maklashish, ularni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Slide 1 of 5