Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
Namanganda “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning shahar bosqichiga start berildi

Namanganda “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning shahar bosqichiga start berildi

Namangan shahrida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasidagi adaptiv sport musobaqalarining shahar bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Ushbu musobaqa nogironligi bo‘lgan fuqarolarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va ruhiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda.

Ochilish marosimida Namangan shahar hokimi, deputat Ayubxon Kamalov boshchiligidagi mutasaddilar ishtirok etib, sportchilarga samimiy tilaklarini bildirdilar. Ular musobaqa qatnashchilariga kuch-g‘ayrat, qat’iyat va yorqin g‘alabalar tilab, bunday tadbirlar ijtimoiy birdamlik va inklyuziv muhitni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Mazkur musobaqalar sport orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarning o‘zini namoyon etishi, iqtidorini yuzaga chiqarishi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 6