Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Doimiy komissiya yig'ilishida ichki yo'llarni ta'mirlash ishlari muhokama qilindi

🔹Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasi tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi.

🔹Yig'ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda komissiya a'zolari, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert maslahat guruhi a'zolari ishtirok etdilar.

🔹Yig'ilish shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etildi. Ushbu qarorda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, shahar obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo'llarni saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro'yxat tasdiqlangan edi.

🔹Qaror shartlariga ko'ra, bajarilgan ishlar yuzasidan har oyning 25-sanasiga xalq deputatlari shahar Kengashiga muntazam hisobot kiritib borish vazifasi yuklatilgan.

🔹Shu asosda o'tkazilgan yig'ilishda Obodonlashtirish boshqarmasining mas'ul xodimi D.Qodirov hisobot bilan chiqdi. Uning ma'lumot berishicha, bugungi kunga qadar rejalashtirilgan ishlarning 45 foizi bajarilgan.

🔹Komissiya a'zolari, shuningdek Yoshlar va Ekspert maslahat guruhlari vakillari hisobotni tinglab, ishlarning qarorda belgilangan muddat va sifat mezonlariga muvofiqligini nazorat ostiga oldi hamda qolgan ishlarni ham belgilangan jadval asosida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹Yig'ilish yakunida doimiy komissiya raisi E.Yunusov so'zga chiqib, qabul qilingan qarorning ijrosi doimiy nazoratda ekanligini alohida ta'kidladi. U qarorning 8-bandiga muvofiq, uning umumiy ijrosini nazorat qilish vazifasi aynan mazkur doimiy komissiya zimmasiga yuklatilganligini eslatib o'tdi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi va tegishli mas'ul idoralarni ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va to'liq bajarishga, shuningdek keyingi oylarda ham har oyning 25-sanasiga hisobot taqdim etish tartibiga qat'iy rioya qilishni eslatdi.

Slide 1 of 7