Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
GAZ TA’MINOTIDA BARQARORLIK VA XAVFSIZLIK MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI

Bugungi kunda aholining tabiiy gazdan foydalanishi bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish dolzarb vazifalardan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Raimova tomonidan Yangiobod tuman gaz ta’minoti bo‘limi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida bo‘limning aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, gaz tarmoqlarining holati, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash, nosozliklarning oldini olish, yuzaga keladigan muammolarga tezkor choralar ko‘rish va tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2