Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
HAVOTOG‘DA KO‘CHALAR OBODLIGI TA’MINLANMOQDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ QFYning Qo'shqand qishlog‘ida aholi uchun muhim bo‘lgan ichki yo‘llarni yaxshilash va obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarning borishiga e’tibor qaratildi.

Ayni paytda qishloq ko‘chalarini shag‘allashtirish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar natijasida ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, aholining piyoda va transport vositalarida harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda yomg‘irli mavsumda yo‘llardan foydalanishdagi qiyinchiliklarni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Jarayon davomida shag‘al yotqizilayotgan ko‘chalar, bajarilayotgan ishlarning sifati va yo‘lning foydalanishga qulayligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishlarni belgilangan tartibda va sifatli yakunlash, aholining murojaatlari hamda hududdagi mavjud ehtiyojlarni inobatga olish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 2