Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
11-MAKTABDA PROFILAKTIKA TADBIRIGA TAYYORGARLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan profilaktika tadbirini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tayyorgarlik jarayonida tadbirning mazmun-mohiyati, o‘quvchilar bilan olib boriladigan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, profilaktik suhbatlarni tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘riladigan choralar muhokama qilindi.

Shuningdek, maktab ma’muriyati, profilaktika inspektori va mas’ullar hamkorligini kuchaytirish, o‘quvchilarning muammolarini erta aniqlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zarur hollarda individual profilaktik ishlarni olib borish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirni mazmunli va ta’sirchan tashkil etish, o‘quvchilarni faol muloqotga jalb qilish hamda profilaktika ishlarini amaliy natijaga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1