Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA: “TASHISTI” VA “MOHIRLAR” MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA: “TASHISTI” VA “MOHIRLAR” MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov 46-“Olmos” saylov okrugidagi “Tashisti” va “Mohirlar” mahallalarida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi.

🤝 Aholi bilan muloqot davomida mahallalardagi infratuzilma, jamoat transporti, yo‘l harakati hamda jamoat tartibi bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘tarildi. Fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud holatlar bevosita hududning o‘zida ko‘zdan kechirildi.

🛣 Xususan, ayrim ko‘chalarda suv quvurlari tortilgandan so‘ng yo‘l qoplamasini qayta tiklash va asfaltlashtirish zarurati mavjudligi bildirildi. Aholi yo‘llarni tartibga keltirish orqali piyodalar va transport vositalari uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratish masalasini ko‘tardi.

🚌 Shuningdek, fuqarolar tomonidan hududda avtobus bekati o‘rnatish masalasi ham ilgari surildi. Jamoat transportidan foydalanayotgan aholi uchun qulay va tartibli bekat infratuzilmasini yaratish zarurligiga e’tibor qaratildi.

🔺 O‘rganish davomida fuqarolardan birining yashash uyi yaqinidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi atrofiga avtomobillarning betartib qo‘yib ketilishi bilan bog‘liq murojaat ham tinglandi. Mazkur holat fuqarolarning erkin harakatlanishiga va yashash hududidagi qulaylikka ta’sir qilayotgani bildirildi.

💡 Bundan tashqari, murojaatda tungi vaqtlarda ushbu hududda mast holatdagi shaxslar ishtirokida janjalli vaziyatlar yuzaga kelayotgani qayd etilib, jamoat tartibini mustahkamlash va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash masalasi ko‘tarildi.

⚙️ Mazkur masalalar mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan mahalla ichki ko‘chalari holati, jamoat transporti va avtobus bekatlari, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda o‘rganildi.

📨 Davronbek Ravshanbekov fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yubordi. Unda yo‘llarni asfaltlashtirish, avtobus bekati o‘rnatish, umumiy ovqatlanish shoxobchasi atrofidagi tartibsiz avtoturargoh masalasini ko‘rib chiqish hamda hududda jamoat tartibini ta’minlash bilan bog‘liq murojaatlar ko‘tarildi.

✅ Fuqarolar murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan deputatlik so‘rovlari orqali tegishli tashkilotlarga masala kiritish 46-“Olmos” saylov okrugida aholi uchun qulay, xavfsiz va obod yashash muhitini shakllantirishga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10