Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
2-SONLI MTTDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLARGA E’TIBOR QARATILDI

Maktabgacha ta’lim — bolaning ilk bilim va ko‘nikmalari shakllanadigan, uning qiziqishi va qobiliyatlari rivojlantiriladigan muhim bosqichdir. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, qulay va rivojlantiruvchi muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova tomonidan 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida guruh xonalari, bolalarning mashg‘ulot va dam olish joylari, mavjud mebel va jihozlarning holati, o‘yinchoqlar hamda tarbiyaviy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bolalarning kun tartibini mazmunli tashkil etish, ularning yosh xususiyatlariga mos mashg‘ulotlar o‘tkazish, sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash, ovqatlanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.

Tashkilot mas’ullari bilan muloqot davomida tarbiyalanuvchilar uchun mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish va bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 3