Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
DAVLAT DORIXONALARIDA DORI VOSITALARINI BERISH TARTIBI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari

DAVLAT DORIXONALARIDA DORI VOSITALARINI BERISH TARTIBI O‘RGANILDI

🤔 Aholini sifatli va zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, ularni belgilangan tartibda olish imkoniyatini yaratish hamda farmatsevtika xizmatlarini tizimli tashkil etish tibbiyot muassasalari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🕯 Shu maqsadda tuman tibbiyot birlashmalari tarkibida faoliyat yuritayotgan davlat dorixonalarining faoliyati, dori vositalarini qabul qilish, saqlash va fuqarolarga belgilangan tartibda berish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📁 O‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo'nalishi hamda haftalik ish reja ijrosi doirasida amalga oshirilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zosi Alisher G‘iyosov ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida davlat dorixonalarida dori vositalarining mavjudligi, ularning saqlanish sharoitlari, hisobini yuritish, aholiga, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi hamda elektron retsept asosida dori vositalarini berish tizimi ko‘rib chiqildi.

📈 Shuningdek, dori-darmon vositalarini aholiga berishda qonunchilik talablariga rioya etilishi, fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilishi va dorixonalardagi ish jarayonlarining tizimli yo‘lga qo‘yilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, davlat dorixonalarining faoliyati, dori vositalarini aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish hamda xizmat ko‘rsatish sifati masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4