Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
Nurafshon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning amaliy natijadorligini o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan 14-Nurafshon saylov okrugi hududidagi “Nurafshon” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi daromad manbalarini yaratish, shuningdek, mavjud tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat va mutaxassislar mahalladagi ko‘cha boshilari bilan uchrashib, hududdagi aholi muammolari, bandlik, daromad manbalari hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Ko‘cha boshilar tomonidan fuqarolarni qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

O‘rganish jarayonida aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishi, kredit va boshqa bank xizmatlaridan foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Xususan, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ–580-son yangi tahriri bank faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Shu nuqtayi nazardan, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar doirasida mazkur qonunchilik talablarining ijrosiga ham e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ularning ijrosini ta’minlash deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur o‘rganishlar orqali mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlarning amaliy natijadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 6