Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
Tuman Kengashi deputati M.Omonliqov tomonidan Qangli mfydagi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy shifokorlik punktida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-sonli «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan tashkil etildi.
O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, oilaviy shifokorlik punktining moddiy-texnika bazasi hamda bepul beriladigan dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonun talablariga rioya etilishi va aholining tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, oilaviy shifokorlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ijobiy baholandi.

Slide 1 of 1