Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI

🏥 Aholining dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish — tibbiy xizmat sifatini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida Parkent tumani tibbiyot birlashmasida aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi. 💊🏥
❇️ O‘rganishning asosiy e’tibori fuqarolarga belgilangan tartibda berilishi lozim bo‘lgan bepul dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash, hisobini yuritish, ehtiyojmand fuqarolarga yetkazib berish va amalda foydalanish imkoniyatlariga qaratildi.
💊 Bepul dori vositalari, ayniqsa, doimiy davolanishga ehtiyoji bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va dori-darmon xarajatlarini qoplashda qiyinchilikka duch kelayotgan fuqarolar uchun muhim ijtimoiy ko‘mak hisoblanadi. Shu bois ushbu yo‘nalishdagi xizmatlarning o‘z vaqtida va belgilangan tartibda tashkil etilishi aholining salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
❇️ O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, fuqarolarning tibbiy ko‘rik va davolanish uchun murojaatlarini qabul qilish jarayoni, shuningdek, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash amaliyoti atroflicha ko‘zdan kechirildi.
❇️ Jarayon davomida deputat tomonidan bepul dori vositalarining qabul qilinishi, saqlanishi, hisobga olinishi va fuqarolarga yetkazib berilishi bilan bog‘liq jarayonlar bevosita o‘rganildi.
🏥 Shuningdek, poliklinikada ambulatoriya xizmatlarini ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda sanitariya holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
❇️ Muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish, dori vositalari bilan ta’minlanish, mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
❇️ Muloqot davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularning murojaatlarini tegishli tartibda ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
❇️ Ayniqsa, bepul dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni to‘g‘ri aniqlash, ularni belgilangan tartibda olishi lozim bo‘lgan fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazish, dori vositalarining saqlanishi va taqsimlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
❇️ O‘rganish yakunida poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani qayd etildi.
❇️ Shu bilan birga, bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonini yanada takomillashtirish, aholining ushbu imkoniyatdan foydalanish bo‘yicha xabardorligini oshirish, dori vositalarining o‘z vaqtida va manzilli yetkazilishini ta’minlash, shuningdek, fuqarolar uchun tibbiy xizmatlar sifati va qulayligini yanada oshirish masalalari deputatlik nazorati doirasida doimiy e’tiborda bo‘lishi belgilandi.
Sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyati — aholi salomatligini asrashning muhim omilidir.
🏥💊 Aholi salomatligi — e’tibor markazida!

Slide 1 of 9