Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA QATNOVLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marxabo Sulxonberdi qizi tomonidan saylov okrugi hududida jamoat transporti xizmatlarining sifati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda transport qatnovlarining barqarorligi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🚌 Jamoat transporti — aholining kundalik hayotida muhim o‘rin tutadigan ijtimoiy xizmatlardan biridir. Uning muntazam, xavfsiz, qulay va sifatli tashkil etilishi fuqarolarning ishga, ta’lim muassasalariga, tibbiyot va boshqa ijtimoiy obyektlarga o‘z vaqtida yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
❇️ O‘rganish davomida hududdagi jamoat transporti yo‘nalishlarining faoliyati, qatnovlarning holati va muntazamligi, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, shuningdek, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
❇️ Shuningdek, amaldagi yo‘l haqi tariflarining qo‘llanilishi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda transport vositalaridan foydalanish jarayonida fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklarga e’tibor qaratildi.
❇️ O‘rganish jarayonida yo‘nalishli transport vositalaridan foydalanayotgan fuqarolar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularning jamoat transporti xizmatlarining sifati, qatnovlar muntazamligi, yo‘l haqi miqdori, transport vositalaridagi shart-sharoitlar va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
❇️ Fuqarolar bilan muloqotlar davomida hududda jamoat transporti xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish hosil qilinayotgani bildirildi.
❇️ Shu bilan birga, xizmat sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, transport vositalarining belgilangan yo‘nalishlarda muntazam harakatlanishini yo‘lga qo‘yish doimiy e’tibor talab etishi qayd etildi.
❇️ Ayniqsa, transport qatnovlari tig‘izlashadigan vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish, harakatlanish samaradorligini oshirish hamda yo‘lovchilarning manziliga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❇️ O‘rganish yakunlari asosida:
·         🚌 jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada yaxshilash;
·         🚏 yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni takomillashtirish;
·         ⏱️ transport qatnovlarining muntazamligini ta’minlash;
·         🚦 tirbandliklarning oldini olish va transport harakatini samarali tashkil etish;
·         fuqarolarning murojaat, fikr va takliflarini inobatga olish
bo‘yicha tegishli takliflarni shakllantirish belgilandi.
❇️ Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish hamda bu boradagi ishlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
✅ Sifatli jamoat transporti — aholining kundalik hayotidagi qulaylik, vaqt tejalishi va hududdagi transport harakatining samaradorligini ta’minlovchi muhim omildir.
🚌 Yo‘lovchi uchun qulaylik, xavfsizlik va xizmat sifati — jamoat transporti faoliyatining asosiy mezonlaridan biridir.
Aholiga qulay, xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4