Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
ALISHER NAVOIY MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

ALISHER NAVOIY MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Mardanova Dilfuza Abduxalilovna tomonidan Alisher Navoiy mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📊 Mahalladagi mavjud holat:
🔹 Ijtimoiy reyestrda — 63 ta oila;
🔹 shundan 28 tasi davlat ta’minotidagi, 28 tasi kambag‘al, 7 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar;
🔹 32 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
🔹 10 ta mikrol loyiha tashkil etish orqali kamida 20 ta ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 103 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan ishlash.
🤝 Ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida ijtimoiy reyestrdagi oilalarning ehtiyojlarini o‘rganish, 14 nafar fuqaroga ijtimoiy, 9 nafar fuqaroga ta’lim, 25 nafar fuqaroga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini hamda 48 nafar fuqaroning daromadli mehnat bilan ta’minlanishini nazorat qilish ko‘zda tutilgan.
🏘 Infratuzilma yo‘nalishida Alisher Navoiy mahallasi infratuzilmasini yaxshilash, mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash, 1 dona transformator podstansiyasini mukammal ta’mirlash, 1,8 km elektr uzatish tarmog‘ini ta’mirlash, ichki ko‘chalarni obodonlashtirish va ariqlarni tozalash vazifalari belgilangan.
🥯 Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan pishiriq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbirkorlik loyihasi ham nazoratga olingan.
👩‍💼 Mas’ul deputat: Mardanova Dilfuza Abduxalilovna
🤝 Biriktirilgan mas’ul: I. Xusинов
📌 Belgilangan vazifalar ijrosi har hafta va har ikki haftada monitoring qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘riladi.
Deputatlik nazorati — aholi muammolarini aniqlash, ijroni kuzatish va amaliy natijaga yo‘naltirilgan faoliyatdir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!