Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
#Ish_rejasiga_asosan #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga asosan hamda 24 ta muhim masala ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda mahalla raislari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati o‘rganishi o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Azamat Karamatovich Mamatmuratov tomonidan “Jiyanbobo” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududni obodonlashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining joriy holati bevosita ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I.Roziqovlar ham ishtirok etishdi.

Muloqot davomida mahalla raisining sohaga oid hisoboti va rejalari tinglanib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5