Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G‘.Eltayev tomonidan Bunyodkor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G‘.Eltayev tomonidan Bunyodkor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror talablari asosida mahallada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda muammoli vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish faoliyati tahlil qilindi.