Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

📚 O‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Islomova tomonidan Ahillik mahallasidagi 10-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi hamda mahalla vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda axborotlarni tanqidiy tahlil qilish, ishonchsiz va zararli ma’lumotlarga berilmaslik, internet madaniyatiga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilarni ta’lim olishga, kitob mutolaasiga, foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga va o‘z vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chaqirildi.

Slide 1 of 5