Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati R. Yusupov tomonidan deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandida belgilangan vazifalar, shuningdek, hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning Mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi KQ-35-V-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida mahallada ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🏠O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi, shuningdek, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📊Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari, ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash va ularni manzilli ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Deputat R. Yusupov tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, KQ-35-V-sonli qaror doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahalla bilan hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.