Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
“AXILLIK” MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 24-Eski Toshkent saylov okrugidan saylangan deputat Laziza Sobirjonovaga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan “Axillik” mahallasi yoshlar yetakchisi G‘ofurov Islombekning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📊 “Axillik” mahallasida yoshlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar:
👥 14–30 yoshdagi yoshlar — 1021 nafar;
🎓 26 nafar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan;
✅ Yil boshida aniqlangan 11 nafar ishsiz yoshning barchasi bandligi ta’minlangan;
🛠 13 nafar yoshga kasb-hunarga o‘qish uchun yo‘llanma berilgan;
💻 3 nafar yosh zamonaviy kasblar, IT texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitilgan;
💰 2 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
📈 O‘rganish jarayonida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.
⚽️ Shuningdek, yoshlarni sport to‘garaklariga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, yangi kasb va zamonaviy mutaxassisliklarni egallashlariga ko‘maklashish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.