Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
“Guliston” mahallasida jamoat transporti holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengashning 16-“Guliston” saylov okrugi deputati F.Homidov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini olib borildi.

O‘rganish jarayonida jamoat transportining muntazam harakatlanishi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yo‘l haqi uchun chiptalarni xarid qilishning qulayligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, aholining jamoat transportidan foydalanishdagi qulayliklari, avtobuslarning belgilangan yo‘nalishlarda o‘z vaqtida va muntazam harakatlanishi holati ko‘zdan kechirildi.

Deputatlik nazoratining bunday shakldagi o‘rganishlari aholi uchun qulay va sifatli jamoat transporti xizmatlarini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularning amaliy yechimini topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2