Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
«Birlashib, buyuk tarix yaratamiz» — ezgu g‘oyalar mazmun-mohiyati keng targ‘ib etildi

«Birlashib, buyuk tarix yaratamiz» — ezgu g‘oyalar mazmun-mohiyati keng targ‘ib etildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus va g‘oyalar, yurtimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilinmoqda.

Shu maqsadda bugun Termiz tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Prezident nutqida ilgari surilgan g‘oyalar mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan «Birlashib, buyuk tarix yaratamiz» nomli sharhning targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda deputatlar, jamoatchilik faollari, umumta’lim maktablari direktorlari hamda ilg‘or pedagoglar ishtirok etdi. Tadbirda Termiz davlat universiteti professori Islom Qarshiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz tuman bo‘linmasi rahbari Dilshod Utaganov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, davlatimiz rahbarining nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, muhim tashabbuslar va 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Muloqot davomida inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, mahallalar taraqqiyotini ta’minlash kabi muhim masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Slide 1 of 9