Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Yuqori Tallimaron” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Yuqori Tallimaron” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Tallimaron mahallalarda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Kengash kotibiyati mudiri,M.Yarmatov 4-“Tallimaron” saylov okrugi deputati Z.Djumayev tomonidan mahallasidagi jinoyatchilik holati va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Alohida e’tibor "yashil" va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mahalla, profilaktika inspektori va tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda jinoyatchilikni kamaytirish, “yashil” va “sariq” hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.