Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining 20-Yo‘lchilar saylov okrugi deputati G.Allanova tuman hokimi o‘rinbosari S.Muratov bilan birgalikda Kengashning 2026-yil 30-iyundagi VII-28-72-5-76-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, 7-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurilib, inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilarning maktab hududida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida qurilgan panduslar holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur chora-tadbirlar nogironligi bo‘lgan va alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning ta’lim olishi va maktab muhitida erkin harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi tomonidan bu boradagi ishlarning ijrosi va samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4