Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Huquqiy ma'lumot
#162_ta_qonun
⚖️ Huquqbuzarliklarning oldini olish — umumiy vazifa


📚 “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–371) huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjatlardan biridir.

🔹 Mazkur Qonunga muvofiq, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
▪️ fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
▪️ jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish;
▪️ huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
▪️ jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash;
▪️ huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktik ishlarni olib borish va ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
▪️ davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilikning bu boradagi hamkorligini kuchaytirish.

📌 Qonunda huquqbuzarliklar profilaktikasining umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik turlari belgilangan.

🛡 Ushbu profilaktika choralari huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish hamda takroran sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

🤝 Qonuniylik va jamoat xavfsizligini ta’minlash — davlat organlari va fuqarolik jamiyatining hamkorligini talab etadigan muhim vazifadir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram
Slide 1 of 1