Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Payariq tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Payariq tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Choshtepa mahallasida mahalla yettiligi vakillari va mahalla nuroniylari hamda faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi.

Xususan, Choshtepa va Yangiobod qishloqlarini kesib o‘tuvchi Al-Buxoriy shoh ko‘chasining 550-metr qismida joylashgan piyodalar yo‘lagiga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.

Ma’lum qilinishicha, Choshtepa qishlog‘ida 183 ta xo‘jalik mavjud bo‘lib, 300 nafardan ortiq bola ushbu yo‘lak orqali maktabga qatnaydi. Shuningdek, Yangiobod va O‘klan qishloqlari aholisi qishloq vrachlik punkti hamda stomatologiya xizmatlaridan foydalanish uchun mazkur yo‘lakdan muntazam foydalanadi.

Murojaat yuzasidan piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, svetofor o'rnatish hamda tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.