Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Xumson” mahallasida joylashgan “Xumson” oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmatlar sifati, aholiga yaratilgan sharoitlar, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik hamda bepul beriladigan dori vositalari zaxirasi o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning holati, fuqarolarni qabul qilish va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni, mavjud tibbiy jihozlardan foydalanish samaradorligi hamda dori vositalari bilan ta’minlanganlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔻O‘rganish natijasida oilaviy shifokorlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, bemorlarni qabul qilish va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari belgilangan tartibda tashkil etilgani aniqlandi. Shuningdek, tibbiy muassasa zarur tibbiy jihozlar bilan yetarli darajada ta’minlangani va mavjud jihozlardan tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanilayotgani ko‘zdan kechirildi.

🔻Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalasi ham alohida o‘rganildi. Muassasada aholiga belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari yetarli miqdorda mavjudligi qayd etildi. Dori vositalarining saqlanishi va ularni aholiga yetkazib berish jarayonlariga ham e’tibor qaratildi.

🔻Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida oilaviy shifokorlik punkti binosining ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Binoning moddiy-texnik holatini yaxshilash, xonalarni ta’mirlash va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7