Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.

 Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.

Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan ushbu tashrifi hududning bugungi va kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim qadam bo‘ldi. Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.

Ayniqsa, Nukus shahrida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi — “Nukus city” loyihasining boshlangani Qoraqalpog‘istonning yangi qiyofasini yaratish yo‘lidagi katta tashabbusdir. Zamonaviy arxitektura, energiya tejamkor texnologiyalar, biznes va savdo markazlari, yashil hududlarning barpo etilishi shaharning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini yanada oshirishi kutilmoqda.

Har bir tumanga mas’ul rahbarlarning biriktirilishi esa muammolarni joyiga chiqib, bevosita aholi bilan muloqot qilgan holda hal etishga xizmat qiladi. Mahallalar va markaziy ko‘chalarni obod qilish, tadbirkorlik uchun sharoit yaratish, yangi servis obyektlarini tashkil etish orqali aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xalq farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Kasbiy ta’limga alohida e’tibor qaratilayotgani ham quvonarli. Texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarining joriy etilishi, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish,
asbob-uskunalar bilan ta’minlash va “Usta-shogird” an’anasini kengaytirish — yoshlarning o‘z kasbiga ega bo‘lib, munosib daromad topishi uchun yangi
imkoniyatlar yaratadi.


Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, xususiy bog‘chalar tashkil etayotgan tadbirkorlarni imtiyozli kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar ham inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan izchil siyosatning amaliy ifodasidir.

Eng muhimi, Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar faqat katta loyihalar bilan cheklanmay, har bir mahalla, har bir ko‘cha va har bir xonadon farovonligiga daxldor ekani bilan e’tiborlidir. Aholining o‘zi amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga baho berishi haqidagi taklif esa xalq
fikri va roziligiga bo‘lgan e’tiborning yorqin ifodasidir.


Ushbu tashrif Qoraqalpog‘iston taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab beradigan, xalqning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydigan muhim voqea sifatida tarixda qoladi. Belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishi hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eng
muhimi, Qoraqalpog‘iston xalqining farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladi.


Bu tashrif, shubhasiz, Qoraqalpog‘iston tarixida yangi sahifa ochdi.  

Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati
Aqlima Saipova

Slide 1 of 1