Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#deputat_nazorati

OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova tomonidan “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan Oltinko‘l mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha boshlangan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida PQ–49-son qarori hamda Jizzax viloyati Kengashining VII-26-76-3-0-K/26-son qarori asosida ishlab chiqilgan manzilli strategiyaga muvofiq, mahallani rivojlantirish uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ajratilgan mablag‘lar doirasida mahalladagi 2,34 km ichki yo‘llar asfaltlashtirilgan. Shuningdek, 10,7 km irrigatsiya tarmog‘ini barpo etish uchun zarur lotoklar olib kelingan bo‘lib ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yakunlash choralari ko‘rilmoqda.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur ishlarning ijrosi va mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar bajarilishi monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 2