Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda

#_deputat_faoliyati
Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, hokimi Odiljon Yaqubov, tuman Kengashi deputati SH.Davlatov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari bilan birgalikda Toqchiyon hududidagi “Toqchiyon Paxta” fermer xo‘jaligida zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida olib borilayotgan terim jarayonini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida mas’ullarga paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish, shuningdek, terim jarayonida texnika hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, paxta terimida samarali va yuqori unum bilan mehnat qilayotgan terim mashinasi haydovchisi munosib rag‘batlantirildi.

Slide 1 of 3