35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Qadamjolar obodligi — yurt obodligi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B. Toshpo‘latov tashabbusi bilan Jizzax shahridagi “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qabristonda keng qamrovli obodonlashtirish va tozalik ishlari tashkil etildi.

🔸Mahalla ahli va keng jamoatchilik o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash maqsadida o‘tkazilgan ushbu xayrli tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul xodimlari faol ishtirok etdilar.

🔸Tadbir davomida qatnashchilar tomonidan qabriston hududi chiqindilardan, qurigan xazon va begona o‘tlardan to‘liq tozalandi. Mavjud daraxtlar butalib, shakl berildi va oqlandi. Shuningdek, ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida qadamjo ichidagi yo‘laklar tartibga keltirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 5