35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-252-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantirish, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📂 Shuningdek, hujjatlarning saqlanishi, ularni tartibga keltirish, arxivga topshirish jarayonlari hamda ish yuritish talablariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va arxiv ishini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Arxiv hujjatlari — xalqimizning tarixiy xotirasi va muhim ma’naviy boyligidir. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3