Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi deputati D.Sodiqova hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar
asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish
o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PQ-49-son Qarori ijrosi doirasida Sultonobod mahalla fuqarolar
yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan, tarkibida I guruh
nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qilayotgan xonadonda yashash sharoitlarini
yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining
sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli
tavsiyalar berildi.
 

Aniqlangan kamchiliklarni “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, qisqa
muddatlarda bartaraf etish hamda har bir xonadon kesimida amalga oshirilayotgan
ishlar ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi va
nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 6