Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining joriy haftadagi ish rejasi e’lon qilindi

Ushbu haftada deputatlar va Kotibiyat xodimlari (M.Xujanov, A.Esanov, I.Roziqov) tomonidan bir qator muhim tadbirlar hamda joylarda oʻrganishlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Hafta davomida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar:

21-sentabr (dushanba): Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning ijrosini taʼminlash maqsadida 9-Bibizaynab saylov okrugidan deputat Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan oʻz saylov okrugida oʻrganish ishlari olib boriladi.

22-sentabr (seshanba): Senatning 24 ta muhim tavsiyasi ijrosi yuzasidan 13-Qorliq saylov okrugidan deputat Mengnarova Zarifa Toshpulatovna tomonidan oʻz saylov okrugida oʻrganishlar oʻtkaziladi.

23-sentabr (chorshanba): Mazkur tavsiyalar ijrosi doirasida 18-Olmazor saylov okrugidan deputat Xoʻjaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan oʻz saylov okrugida oʻrganish ishlari tashkil etiladi.

24-sentabr (payshanba): Hududlarda oʻrganishlar davomida aholi muammolari va murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlarini chiqarish hamda ularning ijrosini nazoratga olish chorasi koʻriladi.

25-sentabr (juma): Tasdiqlangan grafik asosida joylarga chiqish, aholi murojaatlarini oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish rejalashtirilgan.

Barcha tadbirlar va oʻrganish jarayonlariga Kengash Kotibiyati xodimlari M.Xujanov, A.Esanov hamda I.Roziqov mas’ul etib belgilangan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1