35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Danayev tomonidan shahar Elektr tarmoqlari faoliyati o‘rganildi.

📌O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-son Farmon doirasida hududdagi elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, mavjud infratuzilmani yangilash va tarmoq samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📌Ma’lum qilinishicha, hududdagi jami 114 ta elektr transformatori ta’mirdan chiqarilgan. Amalga oshirilgan ta’mirlash va texnik tadbirlar natijasida elektr energiyasidagi yo‘qotishlar ko‘rsatkichi ham sezilarli darajada kamaygan.

➡️Xususan, avvalgi davrda yo‘qotishlar me’yori 12,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda mazkur ko‘rsatkich 5,4 foizga tushgan. Ya’ni, elektr energiyasi yo‘qotishlari 7,4 foiz bandga kamaygan.

✅Mazkur natijalar elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda iste’molchilarga barqaror elektr ta’minotini ta’minlash borasidagi ishlarning amaliy natijasini ko‘rsatadi.

✅Elektr ta’minoti sifati va tarmoq infratuzilmasining holati deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3