35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D. Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabovlar deputat sifatida Uzun tumani markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, zamonaviy qurilish obyektlari hamda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida hududdagi zamonaviy qurilish binolarining holati, ularning hudud infratuzilmasini rivojlantirishdagi o‘rni, aholiga yaratilayotgan qulayliklar hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, obyektlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholi uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishlar hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yanada takomillashtirish, infratuzilma obyektlarining samarali faoliyatini ta’minlash va aholi manfaatlarini ko‘zlab ishlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.