35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
🔰Tashabbusli budjet loyihalari – doimiy komissiya e’tiborida

🔰Tashabbusli budjet loyihalari – doimiy komissiya e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Safarov hamda komissiya a’zolari ishtirokida qator muhim masalalar muhokama qilindi.
🔵Yig‘ilishda, avvalo, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra “Openbudget.uz” portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish va ularni moliyalashtirish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔵Shuningdek, tumanda aholiga qulay va munosib shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, mavjud tashkiliy-amaliy hamda infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔵Muhokamalar davomida g‘olib loyihalarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining taklif va tashabbuslarini amaliy natijaga yo‘naltirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
🔵Doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni nazorat qilish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 5