Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan xotin-qizlarning muammolarini tizimli o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari belgilangan.

Mazkur qaror asosida:
🔹 xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy muammolarini manzilli o‘rganish;
🔹 og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish;
🔹 uy-joy, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa dolzarb masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish;
🔹 hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish ustuvor vazifalar etib belgilangan.

🤝 Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda munosib turmush sharoitlarini yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📍 Xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish — oilalar farovonligi hamda jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.