35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
Zamonaviy bolalar o‘yingohi foydalanishga topshirildi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini Qumqo‘rg‘on tumanida ta’minlash, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida qabul qilingan dastur asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida dasturda belgilangan vazifalarning ijrosi, mahallada aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

✨ Dasturga muvofiq “Neftchilar” mahallasida zamonaviy bolalar o‘yingohi qurilishi ishlari to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Yangi o‘yingoh mahallada istiqomat qiluvchi bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, ularning jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi uchun munosib sharoit yaratadi.

Shuningdek, mazkur ob’ektning barpo etilishi mahalla qiyofasini yanada obod qilish, aholi uchun qulay jamoat muhitini shakllantirish hamda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy hudud yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7