35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
#jarayon #investitsiya

Oʻrganishlar davomida “Hilol” mahallasi hududida barpo etilayotgan, shahar sanoati va iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiquvchi “Buyuk ipak yoʻli” industrial texnoparki faoliyati, undagi qurilish hamda infratuzilma jarayonlari atroflicha koʻzdan kechirildi.

🏛 Texnoparkning asosiy koʻrsatkichlari:
Umumiy maydoni: 227 gektar
Loyihaning ko'lami: 100 ga yaqin zamonaviy korxona va ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish rejalashtirilgan
Yangi ish o'rinlari: 12 000 dan ziyod aholi bandligi taʼminlanadi
🏭 Asosiy ishlab chiqarish yoʻnalishlari:
Industrial texnoparkda yuqori texnologiyali va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi quyidagi muhim tarmoqlar jamlanadi:
Elektrotexnika — zamonaviy maishiy va sanoat uskunalari
Toʻqimachilik (Tekstil) — tayyor tekstil hamda kiyim-kechak mahsulotlari
Qurilish materiallari — energiya tejamkor va sifatli qurilish xomashyolari
Farmatsevtika — aholi va tibbiyot muassasalari uchun zarur dori-darmon vositalari
Uchrashuv davomida masʼullar tomonidan texnopark hududidagi loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish, tadbirkorlarga qulay investitsion muhit yaratish hamda mahalladagi ishsiz fuqarolarni ushbu yirik obyektga ishga joylashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

“Buyuk ipak yoʻli” industrial texnoparkining toʻliq quvvatda ishga tushirilishi Olmaliq shahrining eksport salohiyatini oshirish bilan birga, “Hilol” mahallasi hamda yondosh hududlar aholisi uchun barqaror daromad manbai boʻlib xizmat qiladi.

Slide 1 of 4