35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
#24_ta_tavsiya #deputat nazorati

Olmaliq shahar "Oltin" mahallasi hududidagi markaziy va ichki ko‘chalarning bugungi holati Xalq deputati Sayfiddin Subanov tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Ushbu amaliy muloqot va ko‘rik jarayonida mahalla faollari hamda nuroniylar ham faol ishtirok etishdi. O‘rganishlar davomida asosan quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi: Aholi, ayniqsa, keksalar va maktab o‘quvchilarining erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash;
🚗 Transport serqatnov yo‘llari: Transport oqimi yuqori bo‘lgan ko‘chalarda yo‘l belgilari, piyodalar o‘tish joylari va yo‘l qoplamalarining holatini ko‘zdan kechirish.
Ko‘rik davomida aniqlangan barcha kamchilik, muammo va hudud aholisi tomonidan bildirilgan takliflar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnali"ga birma-bir qayd etildi.

📌 Xulosa va ijro: Mavjud muammolar shunchaki qog‘ozda qolib ketmaydi. Ular bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijro jarayoni deputat tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 5