35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
🏗 Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Choriyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Sherobod mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🏘 O‘rganish davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, mavjud infratuzilmaning holati hamda hududni yanada ko‘rkamlashtirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Jarayon davomida mahalla faollari va mas’ullar bilan muloqot qilinib, hududda mavjud muammolar, aholining taklif va mulohazalari ham o‘rganildi.

🤝 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

📌 Deputatlik nazorati — hududlar rivoji va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4