35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi

Jizzax viloyati Kengashi delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi davomida delegatsiya a’zolari, jumladan, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov hamda Kengash kotibiyati mudiri Gulzoda Xudoyarova Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida mahalliy Kengashning ish tashkiloti, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlik nazorati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda Kengashning ishtiroki kabi yo‘nalishlar o‘rganildi.
Shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan doimiy muloqotini ta’minlash, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni Kengash muhokamasiga olib chiqish va ularning ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish borasidagi tajribalar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida Nukus tumani Kengashining ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish hamda ularni Jizzax viloyatidagi mahalliy Kengashlar faoliyatida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur amaliy tashrif mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashish, samarali ish usullarini ommalashtirish va deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5