35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 IJTIMOIY REYESRDAГI OILA FARZANDLARINING TA’LIMGA JALB ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MONOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESRGA KIRITILGAN OILALAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA — E’TIBORDA
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT HAMDA MAS’UL TASHKILOTLAR TOMONIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 MONOQ MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQARONING HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 🩺 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 10-Birlashgan saylov okrugidan saylangan deputat Davron Teshaboyev tomonidan 63-sonli Oilaviy Poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarni qabul qilish va ro‘yxatga olish jarayoni, shifokorlar qabuli, tor mutaxassislarga yo‘llanmalar berish amaliyoti, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi, dori vositalari bilan ta’minlanganlik, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🩺 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, tibbiy hujjatlarni yuritish, tibbiy etikaga rioya qilish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Shuningdek, poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar qabuli, kutish vaqti hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, birlamchi tibbiy yordam tizimi samaradorligini oshirish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5