35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
📌 Chegara hududida yangi maktab: Deputat 80-umumta’lim maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi

📌 Chegara hududida yangi maktab: Deputat 80-umumta’lim maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Sh. Sodiqov tumanimizning chegara hududida yangi barpo etilgan, zamonaviy qiyofa kasb etgan 80-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tantanali ochilish marosimida qatnashdi.
Yangi o‘quv maskanining foydalanishga topshirilish marosimida deputat bilan birgalikda yurtimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlab kelayotgan Vatan himoyachilari (chegara qo‘shinlari xodimlari), o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim tizimidagi islohotlar hatto chekka va chegara hududlardagi qishloqlarga ham yetib borayotganini, maktab binosiga zamonaviy energiya tejamkor quyosh panellari o‘rnatilganini hamda bu maskan kelajakda yurtimiz uchun chinakam vatanparvar, bilimli yoshlarni tarbiyalashini alohida ta’kidladilar. Deputat Sh. Sodiqov tadbirdan so‘ng harbiylar va o‘quvchilar bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushdi.

Slide 1 of 3