35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Kalvak” MFY, A.Yassaviy ko‘chasi 1-A uy, 29-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Shermatova Zilolahon murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro Z.Shermatova Qo‘qon davlat pedagogika institutini psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan bo‘lsada, hozirgi kunda ishsiz ekanligini hamda kambag‘allik reestrida turishini ma’lum qilgan. Mazkur reestrdan chiqish va bandligini ta’minlash maqsadida shahardagi 9-maktab-internatga ishga joylashishda amaliy yordam so‘ragani munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining 1-o‘rinbosari O.Qurbonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Z.Shermatovaning murojaati va mutaxassisligini inobatga olgan holda, uni shahardagi 9-maktab-internatga ishga joylashtirish hamda bandligini ta’minlash orqali kambag‘allik reestridan chiqarish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Mazkur so‘rov orqali oliy ma’lumotli yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy reestrdagi fuqarolarga daromad manbayini yaratish maqsadi ko‘zlangan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2