35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 IJTIMOIY REYESRDAГI OILA FARZANDLARINING TA’LIMGA JALB ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MONOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESRGA KIRITILGAN OILALAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA — E’TIBORDA
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT HAMDA MAS’UL TASHKILOTLAR TOMONIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 MONOQ MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQARONING HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
“BESHQAYRAG‘OCH”DA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“BESHQAYRAG‘OCH”DA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 23-“Istirohat” saylov okrugi deputati Muxtor Ilhomov saylov okrugiga qarashli “Beshqayrag‘och” mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

📝 Sayyor qabul mahalla yettiligi va faollar ishtirokida tashkil etilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni bevosita joyida o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Qabul davomida 5 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Ularning 3 tasi mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar aralashuvini talab qiladigan 2 ta murojaat esa mutasaddi idoralarga yetkazilib, hal etish choralari belgilandi.

📁 Fuqarolar tomonidan uy-joy bilan bog‘liq masalalar, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning mavjud emasligi, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirishdagi navbat masalasi hamda ishga joylashish bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir murojaatning holati alohida o‘rganilib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib tegishli tushuntirish va yo‘nalishlar berildi.

💼 Ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash masalasi mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqildi. Ishga joylashish istagini bildirgan fuqaroning murojaati yuzasidan mahalla mas’ullari bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

🔺 Shuningdek, mahalla yettiligi bilan aholining ijtimoiy ehtiyojlarini manzilli o‘rganish, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolar muammolarini imkon qadar mahallaning o‘zida hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔎 Muxtor Ilhomov fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda aniq yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan ekanini ta’kidladi.

✅ Sayyor qabulda qo‘shimcha o‘rganishni talab qilgan murojaatlarning tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10