Har yili 9-fevral O‘zbekistonda ulug‘ mutafakkir shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy hazratlarining tavallud topgan kuni sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent Tibbiyot Instituti Urganch Filialida talaba yoshlar, Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyozov va MTDP tashkiloti xodimlari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyozov so’zga chiqib, Alisher Navoiyning ma’naviy merosini hozirgi zamon uchun dolzarbligi xususida gapirib o’tdi.