35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Romish mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

Romish mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Romish mahallasida hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarilishi belgilangan oilalar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud imkoniyat va ehtiyojlarini o‘rganish, bandligini ta’minlash orqali oilaviy daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
📌O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2