35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
DUOBA MFYDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

DUOBA MFYDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov va 11-sonli “Qo‘rg‘oncha” saylov okrugi deputati Y.Aliyev tomonidan Duoba MFYda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida profilaktika inspektorining mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borish, muammoli oilalar va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xususan, mahallada 6 nafar fuqaro probatsiya ro‘yxatida, 19 nafar fuqaro profilaktika ro‘yxatida turishi inobatga olinib, ular bilan olib borilayotgan profilaktik ishlarning samaradorligi o‘rganildi.

✅Profilaktika inspektori tomonidan probatsiya nazoratidagi fuqarolarning ijtimoiy moslashuvi, ularni qayta huquqbuzarlik sodir etishdan tiyish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda profilaktik hisobdagi shaxslar bilan muntazam ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani tahlil qilindi.

✅Shuningdek, 34 nafar ishsiz yosh bilan ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlar tarbiyasi, oilaviy nizolarning oldini olish va mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasidagi ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4