35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
MAHALLIY KENGASh DEPUTATLARI — XALQ VAKILLARI

 MAHALLIY KENGASh DEPUTATLARI — XALQ VAKILLARI

✅ Mahalliy davlat hokimiyati tizimida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari muhim o‘rin tutadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xalq deputatlari Kengashlari mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanadi. Kengash deputatlari esa aholi manfaatlarini ifodalovchi xalq vakillaridir.

✅ «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida xalq deputatlari Kengashlarining asosiy vakolatlari belgilab berilgan. Jumladan, Kengashlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini, hududlarning bosh rejalari va qurish qoidalarini tasdiqlaydi.

✅ Shuningdek, mahalliy budjetni ko‘rib chiqish va qabul qilish, uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish ham Kengashning muhim vakolatlaridan biridir. Bu esa deputatlardan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishiga doimiy e’tibor qaratishni talab etadi.

✅ Deputat o‘z saylov okrugida aholi bilan muntazam muloqot qilishi, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishi, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishi muhim.

✅ Deputatlik faoliyati faqat Kengash sessiyalarida ishtirok etish bilan cheklanmaydi. Deputat doimiy komissiyalar faoliyatida ishtirok etadi, hududdagi muammolarni o‘rganadi, mas’ul tashkilotlardan axborot so‘raydi va aholi manfaatlariga daxldor masalalarni Kengash muhokamasiga olib chiqishi mumkin.

✅ Shu ma’noda deputatlik vakolati — bu avvalo xalq ishonchi va katta mas’uliyatdir. Har bir deputat o‘z vakolatidan samarali foydalanib, saylovchilar bilan yaqin muloqotda bo‘lsa, mahalliy Kengashning hudud rivojidagi roli yanada ortadi.

Slide 1 of 1